Yangiliklar
Yangiliklar
2026-04-22
Andijon shahridagi 6-sonli politexnikumda faoliyat yurituvchi qorovullar nomidan yo‘llangan murojaatda muassasa rahbari M. Hakimova tomonidan ularni majburiy mehnatga jalb etilayotgani hamda joriy yil mart oyi uchun hisoblangan ish haqlari hozirgi kunga qadar to‘lab berilmagani yuzasidan shikoyat kelib tushgan.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi. Holat atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot e’lon qilinadi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing