Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2026-03-08

Rasmiy munosabat

Shahrixon tumani “Ortish” mahallasida yashovchi fuqaro L.Abdullayevaning murojaatida “NOVA LINE TRADE” MCHJda noqonuniy tarzda ish bilan band qilinganligi, jumladan majburiy mehnatga jalb etilganligi haqida shikoyat bildirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida fuqaroni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari, shuningdek mehnat qonunchiligi talablarining buzilishi aniqlanmadi.

Shuningdek, “NOVA LINE TRADE” MCHJ xodimlari tomonidan ham ushbu holat tasdiqlanmadi va fuqaroning mehnat faoliyati qonun doirasida amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan, mazkur murojaat asossiz ekanligi hamda amaldagi qonunchilik talablari buzilmaganligi tasdiqlandi.