Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2026-02-13

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan korxona ishchilari tomonidan ish vaqti hisobi hamda ortiqcha (sverx) ishlangan soatlar noto‘g‘ri hisoblangani yuzasidan tarqalgan murojaat tegishli tartibda qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, ish vaqti tabeli, ta’til davri hamda ish haqi hisob-kitoblari qonunchilik talablari asosida tahlil qilinmoqda.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan holatlarga huquqiy baho berilib, zarur choralar ko‘riladi. Natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.