Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2026-02-09

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda hamda turli tashkilotlarga yo‘llangan murojaatda Andijon viloyati Baliqchi tumani 3-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati bilan bog‘liq masala yuzasidan bildirilgan holatlar vakolatli tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur murojaat asosida tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan mas’ul shaxslar, pedagogik jamoa hamda tegishli hujjatlar belgilangan tartibda tahlil qilinmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonuniy va asoslantirilgan xulosa berilishi hamda natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ta’minlanadi.

Mazkur masala qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qilamiz.