Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2026-02-09

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida kasaba uyushmalari xodimlari dam olish kuni majburiy ishga jalb etilgani yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tashkilot rahbariyati hamda xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, tegishli hujjatlar tahlil qilindi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, xodimlarning dam olish kunlari majburiy tartibda ishga jalb qilingani tasdig‘ini topmadi.

Shuningdek, qo‘shimcha ishlarga majburan jalb etish holatlari aniqlanmadi. So‘rov davomida barcha xodimlar tomonidan mazkur ma’lumotlar rad etildi.