Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2026-02-06

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda 67-ko‘prik qurilish tresti ishchilari tomonidan ish haqi va boshqa to‘lovlar yuzasidan bildirilgan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida haqiqatan ham ayrim ishchilarga 2025 yil noyabr oyidan boshlab ish haqi, kasallik nafaqasi hamda mehnat ta’tili pullari o‘z vaqtida to‘lanmagani aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, zarur choralar ko‘rildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ishchilarning hozirgi kungacha yig‘ilib qolgan barcha to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.