Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-30
Rasmiy munosabat
Paxtaobod tumanida faoliyat yurituvchi mahalla xodimlarining oxirgi to‘rt hafta davomida dam olish kunlarida ishga jalb etilayotgani to‘g‘risida kelib tushgan murojaat ko‘rib chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabatan quyidagilar ma’lum qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq, xodimlarni dam olish kunlarida ishga jalb etish faqat qonunchilikda belgilangan hollarda, ularning roziligi asosida va tegishli tartibda amalga oshirilishi lozim. Ushbu talablarga rioya etilmagan holatlar qonunbuzilish hisoblanadi.
Hozirda kelib tushgan shikoyat bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berilib, mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Shu bilan birga, kelgusida mahalla xodimlarining mehnat huquqlari ta’minlanishi, dam olish kunlariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat e’tiborsiz qoldirilmasligini ma’lum qilamiz va bu boradagi nazorat ishlari davom ettiriladi.