Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2026-01-16

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Jalakuduk tumanida faoliyat yuritayotgan “Ishonch zamin klaster” MCHJda ish haqi bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi yuzasidan tarqalgan murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Ishonch zamin klaster” MCHJda 2026-yil 16-yanvar holatiga ko‘ra 112 nafar xodimga tegishli jami 623 984 685 so‘m ish haqi bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlardan kelib chiqib, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Xususan, 2026-yil 16-yanvar kuni korxonaga ish haqi bo‘yicha mavjud qarzdorlikni to‘liq bartaraf etish hamda ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasi talablariga muvofiq xodimlarga pul kompensatsiyasi to‘lab berish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma kiritildi.

Mazkur holat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, ishchilarning mehnat huquqlari tiklanishi ta’minlanadi.