Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-12
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati Paxtaobod tumani tug‘ruq kompleksi ayollar bo‘limida faoliyat yuritgan navbatchi hamshira tomonidan ish o‘rni qisqartirilishi bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida shtat birliklari optimallashtirilishi munosabati bilan lavozimlar qisqartirilgani aniqlandi. Qisqartirish jarayoni amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshirilgan.
Qonunchilikka muvofiq, ish o‘rni qisqartirilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga ikki oylik o‘rtacha ish haqi miqdorida kafolatli to‘lov to‘lab berilishi hamda ularga mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilishi belgilangan. Mazkur holatda ham xodimlarga qo‘shimcha ish o‘rinlari taklif etilgan.
O‘rganishlar davomida qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi. Hozirgi kunda muassasada qo‘shimcha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emasligi sababli ushbu masala bo‘yicha boshqa chora ko‘rish imkoniyati mavjud emas.