Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2026-01-11

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati Marhamat tumani Birlik MFY, Orol mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan ishsizlik masalasi bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


Mazkur murojaat tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va mahalla hokim yordamchisi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaat muallifiga doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari bo‘yicha 2 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilgani, biroq ushbu ish o‘rinlari fuqaro tomonidan turli sabablarga ko‘ra rad etilgani aniqlandi.


Hozirgi kunda fuqaroning mehnat qobiliyati, yashash manzili va tajribasini inobatga olgan holda qo‘shimcha ravishda mos ish o‘rinlari izlab borilmoqda. Mos ish o‘rni aniqlanishi bilan fuqaroga belgilangan tartibda xabar beriladi.



Mazkur masala tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan nazoratda saqlanadi.