Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-09
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli tarbiyachi-o‘qituvchining ish haqi miqdori belgilangan maoshdan kam to‘lanyotgani bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda o‘rganish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi. O‘rganish jarayonida xodimning ma’lumoti, lavozimi, ish staji, tarif razryadi, ish vaqti me’yori, shuningdek, ish haqidan ushlab qolinayotgan majburiy to‘lovlar (soliqlar va ijtimoiy ajratmalar) atroflicha tahlil qilinadi.
Shuningdek, ish haqi hisoblanishida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tasdiqlangan shtat jadvali hamda tarif stavkalariga muvofiqlik holati tekshiriladi. Agar ish haqi hisoblashda kamchilik yoki qonunbuzilish holatlari aniqlansa, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha murojaat muallifiga belgilangan tartibda tushuntirish beriladi hamda qo‘shimcha axborot jamoatchilikka ma’lum qilinadi.