Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2026-01-07

Rasmiy munosabat


O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi.


Yangi yil bayram kunlari munosabati bilan Respublika tez yordam xizmati Andijon viloyati filiali va tuman bo‘linmalari xodimlariga 5 yanvar kuni to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqlari texnik sabablarga ko‘ra 6 yanvar kuni to‘lab berilgan. Hozirgi kunda barcha xodimlarga tegishli oylik ish haqlari to‘liq hajmda to‘lab berilgan.


Ma’lumki, amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish haqi 3 kalendar kungacha kechiktirilgan holatlarda kompensatsiya to‘lanishi nazarda tutilmagan. Mazkur holatda ish haqi belgilangan muddatdan bir kun kechiktirib to‘langani sababli kompensatsiya to‘lash uchun qonuniy asos mavjud emas.



Shu munosabat bilan mazkur masala bo‘yicha qo‘shimcha chora ko‘rish talab etilmaydi.