Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2026-01-05

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati bolalar kutubxonasi faoliyati va xodimning ishdan ozod etilishi bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi  Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi. Hozirda bolalar kutubxonasida mehnat munosabatlariga rioya etilishi, ishdan bo‘shatish jarayonining qonuniyligi hamda amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilgan-etilmagani bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan holatlar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi hamda mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda e’lon qilinadi.