Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2026-01-05

Rasmiy munosabat


Andijon shahar “Alpomish Merosi” MCHJ haydovchilari tomonidan ish haqlarining 5–6 oydan buyon to‘lanmayotgani bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


Mazkur holat tegishli tartibda o‘rganish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi. Jumladan, ushbu murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.


Hozirda “Alpomish Merosi” MCHJda mehnat munosabatlari, ish haqlarining hisoblanishi va to‘lanishi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarning ish haqini asossiz ravishda kechiktirish yoki to‘lamaslik O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga zid hisoblanadi.



O‘rganish natijalariga ko‘ra qonuniy choralar ko‘riladi hamda mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda e’lon qilinadi.