Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-05
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri Mustakillik MFY, E.Ashurov ko‘chasida joylashgan “KEZAR HOUSE” MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlarida mehnat qilgan fuqarolarga tegishli ish haqlari to‘lanmagani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur holat tegishli tartibda o‘rganish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi. Hozirda fuqarolarning da’volari, ish bajarilganligi va mehnat munosabatlari bo‘yicha hujjatlar o‘rganilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, mehnat qilgan shaxslarning ish haqini o‘z vaqtida to‘lab bermaslik holatlari qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli amaliy ishlar olib boriladi.
Fuqarolardan vaziyatga xolisona yondashishlarini, rasmiy tekshiruv yakunlarini kutishlarini so‘raymiz. Masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olingan taqdirda jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.