Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-27
Rasmiy munosabat
Marhamat tumaniidagi fermer xo‘jaliklaridan kelib tushgan murojaatda, “Marhamat tekstil” klaster korxonasiga 2025 yilda topshirilgan paxta hosili uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi va terimchilarga oylik maoshlar berilmayotgani haqida shikoyat qilingan.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi va bu haqda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing