Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-24
Rasmiy munosabat
Xo‘jaobod tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablari bino va inshootlarini isitish ishlari bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida ishga jalb qilingan o‘t yoquvchi ishchilarga bir necha oy davomida oylik ish haqlari to‘lab berilmayotgani haqida murojaat kelib tushgan hamda ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘ralgan.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi hamda bu haqda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing