Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-12-20

Rasmiy munosabat

2024 yil oktyabr oyidan 2025 yil noyabr oyiga qadar “Ishonch zamin klaster” MChJda faoliyat yuritgan suvchilar va mexanizatorlarga oylik ish haqlari to‘lanmagani, shuningdek, xodimlar tomonidan ish haqlarini olish maqsadida MChJ ta’sischisi O.Qosimovga qilingan murojaatlar natijasiz qolayotgani haqida iddaolar ilgari surilgan.

Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.

Holat atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunbuzarliklar aniqlansa, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi va bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.