Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-12-08

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani “Markaz” mahallasida yashovchi fuqaro Z.Sayfiddinovaning ijtimoiy og‘ir oilaviy holati sababli TTBga qarashli shifoxonalardan biriga ishga joylashish uchun murojaat qilgani, biroq rad javobini olgani hamda amaliy yordam so‘ragani haqidagi murojaati tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.



O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, murojaatda ko‘rsatilgan shifoxonada hozirgi kunda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas. Shu bilan birga, fuqaro Z.Sayfiddinovaga malakasi va imkoniyatlariga mos bo‘lgan boshqa ish o‘rinlari taklif qilingan, biroq u mazkur taklif etilgan ishlarni qabul qilmasdan rad etib kelmoqda. Shuningdek, fuqaro vaqtinchalik ishsiz sifatida ro‘yxatga olinib, qonunchilikka muvofiq nafaqa puliga o‘tkazilgani ma’lum qilinadi.