Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-02
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Ulug‘nor tumanida joriy yilgi paxta terimiga jalb qilingan terimchilarga klaster korxonasi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari to‘lab berilmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, paxta terimida ishtirok etgan terimchilarga hisoblangan ish haqlari to‘liq ravishda to‘lab berilgani aniqlandi. Mazkur masala doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing