Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-02
Andijon tumanida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari nomidan yo‘llangan murojaat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida maktab pedagog xodimlarini Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashrifi bahonasida majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmadi. Mas’ul tashkilotlar va maktab ma’muriyati tomonidan berilgan tushuntirishlar hamda o‘rganish davomida yig‘ilgan materiallar murojaatda keltirilgan da’volarni tasdiqlamadi.
Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida mehnat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari doimiy nazoratda ekani ta’kidlanadi. Agar kelgusida qonunbuzilish holatlari yuzasidan aniq dalillar kelib tushsa, ular qonun doirasida ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing