Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-27
Rasmiy munosabat
Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “Oltin mato group” MCHJ tekstil korxonasi xodimlarining may, iyun va iyul oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmayotgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmas Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari belgilab berilgan tartibda joyiga chiqilgan holda boshlab yuborildi.
O‘rganish davomida:
korxonaning oylik ish haqi hisob-kitob hujjatlari,
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari,
maoshlar bo‘yicha qarzdorlik miqdori va uning shakllanish sabablari,
to‘lov muddatlariga rioya etilganligi
atroflicha tekshirib chiqiladi.
Mehnat qonunchiligi talablari buzilgani tasdiqlangan taqdirda, korxona rahbariyatiga nisbatan belgilangan tartibda majburiy ko‘rsatma berildi va xodimlar oldidagi qarzdorliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Mazkur holat yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.