Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-11-27

Rasmiy munosabat


Shahrixon tumani hokimligi tomonidan ish vaqtidan tashqari vaqtda mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar bilan majlis o‘tkazilishi rejalashtirilgani haqida bildirilgan tanqidiy murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, hokimlik tomonidan yig‘ilish o‘tkazilishiga asosiy sabab — hududlarda ekologik holatni yaxshilash, aholi salomatligiga ta’sir qiluvchi omillarni kamaytirish va mavsumiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuzaga kelganidir.


Mazkur vazifalarning dolzarbligi va kechiktirib bo‘lmasligi tufayli ayrim holatlarda yig‘ilishlarni shoshilinch tartibda, ish vaqtidan keyin o‘tkazish zarurati paydo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu kabi holatlar tizimdagi umumiy sharoit va favqulodda topshiriqlar bilan bog‘liq bo‘lib, doimiy tartib sifatida emas, balki istisno sifatida yuzaga kelgani ta’kidlanadi.


Hokimlik tomonidan ijtimoiy xodimlarning huquq va manfaatlariga rioya etish masalasi doimiy nazoratda ekani, kelgusida bunday yig‘ilishlarni asosli holatlardan tashqari vaqtlarda o‘tkazmaslik bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilgani ma’lum qilinadi.