Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-26
Rasmiy munosabat
Bo‘ston tumanida faoliyat yurituvchi “Oltin mato” tekstil korxonasi xodimlarining ikki oylik maoshlari to‘lab berilmayotgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari joyiga chiqqan holda belgilangan tartibda boshlab yuborildi.
O‘rganish davomida:
korxonadagi oylik ish haqi hisob-kitoblari,
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari,
ish haqi bo‘yicha qarzdorlik miqdori va uning sabablari,
maoshlarni to‘lash muddatlariga rioya etilganligi
batafsil o‘rganib chiqiladi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishi, xodimlar oldidagi qarzdorliklarni bartaraf etish va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash ta’minlanishi nazoratga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.