Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-10-23

Rasmiy munosabat

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining Andijon filiali xodimlari tomonidan shanba dam olish kuni soat 07:00 da ASKUE yo‘nalishi bo‘yicha muhandislar ishtirokida selektor yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgani, bu esa xodimlarning mehnat huquqlarini buzish ekani haqida bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida:

murojaatda qayd etilganidek, shanba kuni soat 07:00 da selektor yig‘ilishi o‘tkazilishi bo‘yicha rasmiy topshiriq berilmagani,

bu kabi yig‘ilish rejalashtirilmagani va xronologik hujjatlar orqali ham bunday holat tasdiqlanmagani,

faqatgina kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ayrim masalalar bo‘yicha ichki ishchi guruh muhokamalari kechikib o‘tkazilgani, lekin bu xodimlarni ishga majburlash yoki ish vaqtidan tashqari chaqirish holati sifatida rasman qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, filialda faoliyat yurituvchi xodimlarning o‘zi tomonidan ham bunday ommaviy shikoyat yuborilmagani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar xaqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bildirildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, mehnat qonunchiligi talablarini buzish holatlari aniqlanmadi. Korxona rahbarligiga xodimlar bilan ishlashda kommunikatsiya va axborot almashinuvini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.