Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-11-21

Rasmiy munosabat

Andijon shahri Qo‘shariq dahasida yashovchi fuqaro tomonidan uning opasi Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga ishga joylashish maqsadida bir necha bor murojaat qilgani, ammo murojaatlari natijasiz qolgani to‘g‘risida bildirilgan shikoyat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur murojaat Bandlik bo‘limi va tegishli soha mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida shundan iborat holat aniqlandiki:

fuqaro ish so‘rab murojaat qilgan Andijon shahar tibbiyot birlashmasi shtat jadvalida hozirgi kunda bo‘sh ish o‘rni mavjud emasligi,

bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘lishi bilan fuqaroni chaqirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga (patronaj xizmatining elektron ro‘yxatiga) kiritilgani,

tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur fuqaroga bu haqda tushuntirish berilgani ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, fuqaroga vaqti-vaqti bilan hududdagi xususiy klinikalar va tibbiyot markazlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha takliflar berilgani, ammo fuqaro ushbu takliflarni qabul qilmagani ham rasman qayd etildi.

Hozirda Andijon shahar tibbiyot birlashmasida bo‘sh ish o‘rinlari shakllanishi muntazam monitoring qilib borilmoqda va muvofiq ish o‘rni ochilgan taqdirda fuqaro belgilangan tartibda xabardor qilinadi.