Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-12
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Jalaquduq tumanidagi Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi mas’ul shaxslari tomonidan subsidiya mablag‘larining o‘zlashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda keltirilishicha, mas’ul shaxslar xususiy korxona rahbari bilan til biriktirib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 25 nafar ishsiz ayol nomidan soxta hujjatlar rasmiylashtirgani va ularga qogʻozda 247,5 million so‘mlik tikish asbob-uskunalari berilgan deb ko‘rsatilgani, amalda esa ushbu mablag‘lar o‘zlashtirilgani ta’kidlangan.
Mazkur holat Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan aloxida nazoratga olindi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.
Hozirda ish yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Agar iddaolar tasdiqlansa, aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Boshqarma tomonidan bu kabi holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi, barcha mablag‘lar manzilli va maqsadli ishlatilishi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qilamiz.
O‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot rasmiy tarzda e’lon qilinadi.