Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-12
RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi Ko‘zi ojizlar jamiyati xodimlari nomidan qilingan murojaatda, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi subsidiyasi hisobidan oylik maosh oluvchi xodimlarga mehnat ta’tili puli va mavsumiy (kartoshka) puli ajratilmayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Hozirda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish jarayonida subsidiya mablag‘laridan foydalanish tartibi, xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiyalar, mehnat va ijtimoiy huquqlarga rioya qilinishi holati to‘liq tahlil etilmoqda.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonuniy qarorlar qabul qilinib, jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing