Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-10-10

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi axborot kanallarida UZKORAM CO korxonasi xodimlari nomidan bildirilgan murojaatda, korxonada mehnat huquqlari buzilayotgani, ish haqlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblanmayotgani, ish sharoiti talab darajasida emasligi, ekologik normalarga rioya etilmayotgani kabi jiddiy iddaolar ilgari surildi.

Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

Ayni paytda joyiga chiqilgan holda atroflicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonda mehnat munosabatlari, ish haqi to‘lash tartibi, xodimlar huquqlari, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish muhiti bilan bog‘liq barcha jihatlar qonunchilik asosida ko‘rib chiqiladi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan holatlar bo‘yicha qonuniy tartibda choralar ko‘riladi va qo‘shimcha axborot e’lon qilinadi.