Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-05
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari go‘yoki paxta terimi ishlariga majburiy jalb qilinmoqda, ish kunida yoki dam olish kunlarida tibbiyot muassasalarining faoliyati to‘xtab qolmoqda, degan iddaolar tarqaldi.
Mazkur xabarlar yuzasidan Andijon viloyati Kambagallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Bo‘ston tumani tibbiyot birlashmasi rahbariyati va tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar tomonidan majburiy mehnat holatlari mutlaqo aniqlanmadi.
Bundan tashqari, tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha:
🔹 Har qanday jamoat ishlari, shu jumladan, mahalliy fermerlarga ko‘ngilli yordam ko‘rsatish faqat xodimlarning shaxsiy xohishi asosida, ishdan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkinligi qayta-qayta ta’kidlangan;
🔹 Tibbiyot muassasalari o‘z ish tartibida faoliyatini davom ettirmoqda, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilishida hech qanday uzilish kuzatilmagan;
🔹 Fuqarolar nomidan tarqatilayotgan asossiz va tekshirilmagan ma’lumotlar, aslida tibbiyot xodimlari tomonidan chiqarilmagani, bunday xabarlar ishchi muhitda noto‘g‘ri tushunchalarga olib kelmasligi uchun mas’uliyat bilan yondashish lozimligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan jamoatchilikka murojaat qilamiz:
👉 Asossiz xabarlarni tarqatishdan tiyiling;
👉 Barcha shubhali holatlar yuzasidan rasmiy organlarga murojaat qiling;
👉 Davlat siyosatiga zid bo‘lgan, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlansa, 1236 raqami orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga yoki tuman/shahar bandlik bo‘limlariga murojaat qiling.
Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu masala yuzasidan nazoratni doimiy ravishda amalga oshirishini ma’lum qiladi.