Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

MUNOSABAT

error

2025-10-05

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyatidagi qabristonlarda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi buzilayotgani, xususan, ular mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan turli ishlarga jalb qilinyotgani, hatto tuman hududidan tashqariga chiqarib ishlatilayotgani haqida iddaolar bildirilgan.

Mazkur xabarda keltirilgan holatlar Andijon viloyati Kambagallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olindi hamda joyiga chiqilgan holda atroflicha o‘rganib chiqildi.


O'rganish natijasiga ko‘ra, ushbu ishchi-xodimlarga nisbatan mehnat shartnomasiga zid bo‘lgan yoki majburiy mehnat belgilariga ega bo‘lgan holatlar aniqlanmadi. Tarqalgan ma’lumotlar tasdiqlanmadi.

Shu bilan birga, barcha tashkilot va muassasalarga yana bir bor eslatib o‘tamizki:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Mehnat kodeksiga muvofiq, majburiy mehnat qat’iyan taqiqlanadi;

🔹 Har bir xodim faqat mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarishga majbur bo‘lishi mumkin;

🔹 Davlat organlari va ularning rahbarlari majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Agar kelgusida majburiy mehnat yoki mehnat huquqlari buzilishiga doir holatlar aniqlansa, fuqarolardan 1236 raqami orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga yoki tuman (shahar) bandlik bo‘limlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.