Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-15
2025-yil 14 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi soy daxasida aholi kunlik ishlarga ishlab kelishi va bu haqda
“Aholi bandligi to‘g‘irsida”gi O‘RQ 642-sonli qonunning 3 moddasida - mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun «Bandlik xizmati» axborot tizimi joriy qilingan.
Bundan tashqari, mazkur qonunning 25 moddasisida mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan bandlik xizmatlar turlari mavjud.
aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sog‘lig‘ining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud bo‘lgan taqdirda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash;
zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish;
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish;
kasbiy malakani baholash;
aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish.
Mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
Shunga asosan, ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar yashash manzillaridagi mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishlari zurur bo‘ladi.
Shuningdek, bugungi kunda viloyat bo‘yicha 1 895 ta sub’yektlarda 5 699 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, ish qidirayotgan shaxslar mehnat organlariga murojaat qilgan taqdirda ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berishi va shu orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari mumkin.
Etiborlisi shuki, xar bir tuman (shahar)larning markazlarida har oyida kamida bir marotaba “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari” tadbirlari tashkil qilinib, viloyat bo‘yicha o‘rtacha 500 nafarga yaqin ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nafaqat mahalliy mehnat organlarida, balki Vazirlikning ish.mehnat.uz sayti orqali real vaqt rejimida ko‘rsatib boriladi.