Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-15
RADDIYA
2025 yil 15 oktyabr sanasida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Murojaatda ko‘tarilgan masala Asaka tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda bayon etilgan holat — Yagona milliy mehnat tizimi orqali fuqaro nomidan uning roziligisiz mehnat shartnomasi rasmiylashtirilganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatan ham mavjud ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida YAMMT Idoralararo dasturiy apparat kompleksini boshqarish direksiyasi mas’ul xodimi bilan telefon orqali bog‘lanildi.
Mazkur muammoni bartaraf etish vakolati faqatgina Respublika Yagona milliy mehnat tizimi direksiyasi tomonidan amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan murojaatchiga ushbu masala yuzasidan rasmiy ravishda Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasiga ariza taqdim etishi lozimligi haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.