Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-06-20

Rasmiy munosabat


Sharobova Navbahor tomonidan berilgan ariza diqqat bilan o‘rganildi.


Maʼlum qilamizki, Sharobova Navbahor Pahhtaobod tumani tug‘ruq bo‘limida ishlagan va hozirda mehnat ta’tilidan (diktetdan) qaytib, ishga qaytishni xohlamoqda. So‘nggi besh oy mobaynida ish bilan ta’minlanish bo‘yicha murojaatlar qilganiga qaramay, bo‘sh ish o‘rinlari yetishmasligi va boshqa sabablarga ko‘ra ishga qabul qilinmayotgani ma’lum qilindi.


Boshqarma tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, xususan ish bilan taʼminlash sohasida imkon qadar yordam ko‘rsatish uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash va ishga joylashish masalalari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar davom ettiriladi.


Shuningdek, murojaatchining shaxsiy ahvoli, turmush sharoiti va oilaviy holatlari inobatga olinib, unga amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘riladi.



Fuqarolarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish va ish bilan taʼminlash borasida boshqarma tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Murojaatchining murojaati yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlar va natijalar haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi