Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabati

error

2025-06-25

Rasmiy munosabati




Joriy yilning 20 iyun kuni Andijon viloyati hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik shahar bo‘limi rahbari Abdurahmonov Shohruhbek lavozimidan ozod qilinganligi haqidagi ma’lumotlar diqqat bilan o‘rganilmoqda.




Shu munosabat bilan, hozirgi vaqtda Andijon shahar bo‘limining ayrim xizmatlarida, xususan nafaqaga chiqqan fuqarolarning mehnat daftarchasi va ish haqi ma’lumotlarini elektron tizimga kiritish jarayonida muammolar yuzaga kelganligi tasdiqlangan.




Boshqarma rahbariyati ushbu holatni bartaraf etish, shuningdek fuqarolarning ortiqcha noqulayliklarga duchor bo‘lishining oldini olish maqsadida, Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbarini imkon qadar tezroq tayinlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni tashkil qilmoqda.




Shu bilan birga, fuqarolarimizga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash boshqarma faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir. Fuqarolarimizning qulayligi va murojaatlarining tezkor hal etilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.






Boshqarma tomonidan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda va natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.