Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-29
Rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimligi faoliyatida, xususan, kadrlarga oid masalalarda ayrim shikoyatlar va noroziliklar bildirilyapti. Boshqarmamizga kelib tushgan murojaatlar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlar diqqat bilan o‘rganilmoqda.
Mazkur holatlar yuzasidan Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazishni taʼminlaydi. Tekshiruv xolis va qonuniy asosda olib borilib, har qanday qonunbuzarliklar aniqlansa, ularga qarshi qonuniy choralar ko‘riladi.
Boshqarmamiz rahbariyati va barcha xodimlaridan xizmat vazifalarini halollik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida bajarish qatʼiy talab qilinadi. Aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish, ish jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash boshqarma faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar va tekshiruv natijalari ommaviy axborot vositalariga va jamoatchilikka taqdim etiladi.