Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-28
Rasmiy munosabat
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyatida administratsiya vakillari yakshanba kuni ham ishlashga majburlanmoqda” mazmunida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritamiz.
Ma’lumot uchun bildirib o‘tamizki, davlat xizmatchilari va mas’ul rahbarlar belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlarini hal etish, joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida zarurat tug‘ilganda ish kunlaridan tashqari (jumladan, dam olish kunlari ham) xizmat safari tartibida faoliyat yuritishlari mumkin.
Bunda mehnat qonunchiligi talablari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, tegishli tartibda ish vaqtidan tashqari ish haqi, yoki dam olish kuni berish orqali kompensatsiya ta’minlanishi shart.
Ayni paytda barcha holatlar yuzasidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, xodimlarni noqonuniy ravishda ishga jalb etish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Shu munosabat bilan, aniq fakt va holatlarga ega bo‘lgan fuqarolardan rasmiy tartibda murojaat yo‘llashlarini so‘raymiz. Har bir murojaat yuzasidan tegishli organlar tomonidan huquqiy baho beriladi.