Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-16
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati, Marhamat tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimida ayrim xodimlar atestatsiya natijasiga qaramasdan faoliyatini davom ettirayotgani, ayrim holatlarda esa tanish-bilishchilik asosida ishga qabul qilinayotgani haqida murojaat eʼlon qilindi.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda koʻrib chiqilmoqda. Unda keltirilgan holatlar boʻyicha xolis va qonuniy asosda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi taʼminlanadi.
Natijasi yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi. Shu bilan birga, barcha rahbar va xodimlardan xizmat vazifalarini halollik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida olib borishlari qatʼiy talab etiladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing