Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-27
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari erta tongda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga jalb etilayotgani to‘g‘risida bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
✅ Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasidagi rahbarlarni asosiy ish jarayoni — bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun ortiqcha yig‘ilishlardan ozod qilish borasida aniq topshiriqlar berilgan. Bu ustuvor vazifa sifatida barcha darajadagi rahbarlarga yetkazilgan va amalga oshirib borilmoqda.
🔍 Andijon viloyati hokimligi tomonidan belgilangan videoselektor yig‘ilishi umumiy holatlarni muhokama qilish, amaliy vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda maktab va bog‘cha direktorlari ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozirda o‘rganilmoqda.
⚖️ Agar yig‘ilishlarga ta’lim muassasalari rahbarlari ortiqcha jalb etilgan bo‘lsa, bu holat belgilangan tartib va qonunchilik doirasida ko‘rib chiqiladi hamda tegishli choralar ko‘riladi.
📌 Shunga ko‘ra, ta’lim sohasidagi rahbarlarning o‘z faoliyatini to‘sqinliksiz amalga oshirishi, ortiqcha byurokratik yuklamalardan xoli bo‘lishi ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.