Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-05-17

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda Balikchi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari M. Ergashevaga qaratilgan, xodimlarning mehnat haqi to‘lovlari bilan bog‘liq murojaat tarqaldi.


Murojaatda, xususan, quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

🔹 Xodimlarga ish haqi to‘lanmayotgani;

🔹 Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda ishtirok etishga majburiyat yuklatilayotgani.


Ushbu murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik  boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Holatni aniqlashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Shu munosabat bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:


🔹 Mehnat haqlari har bir xodimning asosiy huquqidir va u qonunchilikda belgilangan muddatlarda to‘lanishi lozim.


🔹 Xodimlarning o‘z ixtiyoridan tashqari tadbirlarda ishtirok etishga majburlanishi mumkin emas. Agar bunday holatlar tasdiqlansa, qonuniy tartibda choralar ko‘riladi.


📢 Hurmatli fuqarolar, sizning murojaatlaringiz befarq qoldirilmaydi. Holat yuzasidan yakuniy ma’lumotlar aniqlangach, qo‘shimcha axborot taqdim etiladi