Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-05-14

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlar va muloqot guruhlarida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqarma rahbari nomiga bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:


Murojaatda keltirilishicha, hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan xodimlarga ta’lim ta’tili berilmayotgani, ayrim hollarda ta’lim ta’tili o‘rniga yillik mehnat ta’tilidan foydalanishga majbur qilinayotgani bildirilib, ushbu holatga huquqiy baho berish so‘ralgan.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, xodimlar o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasining taqvim rejasiga muvofiq imtihonlar va o‘quv yig‘inlarida ishtirok etish uchun ish beruvchidan ta’lim ta’tilini olish huquqiga ega.


Mazkur murojaat yuzasidan holatni atroflicha o‘rganish, xodimlarning qonuniy huquqlari ta’minlanishini nazoratga olish va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish maqsadida rasmiy so‘rov asosida Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasiga murojaat kiritiladi.


Shu bilan birga, har bir xodimning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash – boshqarma uchun ustuvor masala hisoblanadi. Holat bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilinadi.


🔹 Hurmatli murojaatchilar, Sizning har bir fikr va murojaatingiz e’tiborda. Mehnat huquqlari ustuvor yo‘nalishimiz bo‘lib qoladi.