Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-05-13

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Suv ta’minoti” AJ xodimlari tomonidan 2025-yil mart va aprel oylariga tegishli ish haqlari to‘lanmagani yuzasidan murojaatlar tarqalganligi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:


Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mazkur murojaatni o‘rganishga oldi. Hozirda holat tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilmoqda.


Ish haqi to‘lovlarining kechikishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Suv ta’minoti” AJ rahbariyati bilan zaruriy tushuntirishlar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Oylik ish haqlari mehnatkashlar uchun eng dolzarb masala hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, holat to‘liq nazoratga olingan va natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


🔹 Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmaydi. Ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilingan holda har bir holat bo‘yicha rasmiy izoh taqdim etib boriladi.