Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-05-18

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda Baliqchi tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi isitish tizimi (qozonxonasi) xodimlari tomonidan ish haqlarining to‘lanmayotgani va rahbariyat tomonidan bosim bo‘layotgani haqidagi murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.


Mazkur murojaatda aytilishicha, xodimlar 4 oy davomida qozonxonada faoliyat olib borishgan, biroq so‘nggi 2 oy uchun ish haqlari to‘lanmagan. Shuningdek, ularning da’volariga ko‘ra, muassasa rahbari tomonidan “katyol yoqilmagan”, “sizlar ishlamagansiz” deya haqiqatga zid bayonot berish so‘ralgan va tahdidomuz munosabatlar bo‘lgan. Murojaatchilar tomonidan ushbu holat bo‘yicha dalillar (foto/video materiallar) va guvohlar mavjudligi ta’kidlangan.


Shu asosda ushbu masala Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olindi.


Quyidagilar yuzasidan o‘rganish ishlari olib boriladi:

 • Xodimlarning 2 oylik ish haqlarining to‘lanmaslik sabablari;

 • Mehnat munosabatlari bo‘yicha qonunbuzilish holatlarining mavjudligi;

 • Rahbariyat tomonidan bosim va noqonuniy topshiriqlarning bo‘lgan-bo‘lmaganligi;

 • Tibbiyot birlashmasi budjeti va moliyaviy hujjatlarining qonuniyligi.


Tegishli idoralar ishtirokida o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvi natijalari asosida qonunchilik doirasida qat’iy choralar ko‘riladi. Mehnat huquqlari buzilgan taqdirda, javobgar shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


Hurmatli fuqarolar! Sizning mehnat huquqlaringizni ta’minlash biz uchun ustuvor yo‘nalishdir. Murojaat asosida batafsil o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.