Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-05-12

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Suvta’minot” AJ tizimi xodimlari tomonidan mart va aprel oylariga oid ish haqlari hali to‘lanmaganligi, bu holat ularning oila a’zolari ta’minoti va kundalik ehtiyojlarini qondirishda jiddiy muammolarni keltirib chiqargani haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan e’tiborga olinib, mavjud holat bo‘yicha “Suvta’minot” AJ tegishli hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda zudlik bilan xizmat o‘rganish ishlarini boshladi.

Xususan, quyidagi jihatlar chuqur tahlil qilinmoqda:

 • Ish haqlarining to‘lanmasligiga sabab bo‘lgan moliyaviy yoki tashkiliy omillar;

 • Moliyalashtirish manbalari va byudjetdan ajratilgan mablag‘lar harakati;

 • Korxona va muassasa rahbariyatining mas’uliyati hamda ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lamaslik bo‘yicha aniqlangan sabablarga huquqiy baho berish.

Shu bilan birga, viloyat Bandlik boshqarmasi holatni befarq qoldirmaydi va xodimlarning mehnat huquqlarini tiklash, ish haqlarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash masalasini mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda nazoratga olgan.

O‘rganish yakunlari va ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.