Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-05-12

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Davlat kadastrlari palatasi boshqarmasi xodimlariga sirtqi ta’limda o‘qish davrida qonunchilikda belgilangan ta’lim ta’tili ajratilmayotgani haqida murojaatlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda holat atroflicha o‘rganiladi. Xususan:

 • Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida xodimning ta’lim olish huquqlari;

 • Ularning ish beruvchi bilan tuzgan mehnat shartnomalari;

 • Ta’limga oid rasmiy hujjatlar, so‘rovnomalar va rahbariyat pozitsiyasi chuqur tahlil qilinadi.

Boshqarma qonunchilikka muvofiq ravishda har bir holatni xolisona ko‘rib chiqadi va xodimlar huquqlarini tiklash bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘radi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniq natijalar va zaruriy rasmiy izohlar keng jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Shu munosabat bilan barcha fuqarolardan holatga nisbatan sabrli bo‘lish, rasmiy manbalarga tayanish va tekshiruv natijalarini kutish so‘raladi.