Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-05-02

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida “Ayollar daftari” doirasida fuqarolarni ishga joylashtirish jarayonida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani, ayrim fuqarolar nomidan ularning roziligisiz ma’lumotlar tizimga kiritilgani va soxta hujjatlar rasmiylashtirilgani haqida murojaatlar bildirilmoqda.


Shu munosabat bilan, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan holatga aniqlik kiritish va har bir murojaatni o‘rganish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.


Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari doimiy e’tiborda. Agar mansabdor shaxslar tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.


Har bir fuqaroning murojaati biz uchun muhim. Ushbu holat yuzasidan surishtiruvlar yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.