Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-06
RASMIY MUNOSABAT
(Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan)
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanining “Chempiyon” mahallasida yashovchi fuqaro Alimatova Marhabo M. tomonidan murojaat tarqaldi. Unda fuqarolik murojaatlari e’tiborsiz qolgani, ijtimoiy holati og‘ir ekani va bandlik masalalarida noto‘g‘ri ma’lumotlar berilganidan norozilik bildirilgan.
Mazkur holat Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Fuqaroning bandligi, ijtimoiy holati va murojaatda keltirilgan boshqa da’volar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, fuqaroning “band etilgan” yoki “o‘quv markaziga yuborilgan” kabi rasmiy holatlari AXBOROT TIZIMLARI ORQALI QAYTA TEKSHIRILADI va haqiqatda faoliyat yuritayotgan yoki yo‘qligi aniqlashtiriladi.
Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq, har bir fuqaroning bandligini ta’minlash — davlatning ustuvor vazifalaridan biridir. Hech bir fuqaro o‘z roziligisiz “yolg‘on band” qilingan yoki “nomigagina o‘quvga jalb etilgan” bo‘lishi mumkin emas.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunchilik asosida chora ko‘riladi va murojaatchiga natijalari bo‘yicha rasmiy tartibda javob taqdim etiladi.
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirishva bandlik bosh boshqarmasi Matbuot xizmati