Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan)

error

2025-04-04

RASMIY MUNOSABAT

(Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan)

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanidagi dehqon bozori xodimlari tomonidan Prezidentga qaratilgan murojaat tarqaldi. Unda bozorda ishlovchi fuqarolar ish vaqtida A-373 avtomobil yo‘li bo‘yidagi obodonlashtirish ishlariga majburan jalb qilinayotgani haqida e’tiroz bildirilgan.

Mazkur murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, xodimlarni o‘z xizmat vazifalaridan chalg‘itib, boshqa ish turlariga jalb qilish holatlari Mehnat kodeksi va boshqa normativ hujjatlar asosida huquqiy baholanishi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, majburiy mehnat taqiqlanadi. Har bir fuqaroning o‘z mehnat huquqlarini erkin amalga oshirishiga kafolat beriladi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Matbuot xizmati