Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-24
2024-yil o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan tanqidiy va tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi tizimdagi hodimlar bilan 2024-yil o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tanqidiy va tahliliy hamda joriy yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan tizimdagi barcha (tuman, shahar) hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari ishtirokida yig‘ilish bo'lib o'tdi.
🔻Viloyatimizda 2024-yil boshida ishsizlik darajasi 7,0 foizni tashkil etgan bo'lsa, shu yilning sentabr oyi yakunida 6,2 foiz ga yoki 0.8 bandga kamaygan.
🔻Mehnat resusrlari soni 1 885,2 ming nafarni tashkil etib, yil boshiga (1792,8 m. nafar) nisbatan 92,4 ming nafarga ortgan;
🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9 yanvardagi PQ-7-son qaroriga asosan viloyatda yanvar-sentabr oylari uchun 245 ming 733 nafar etib belgilangan bo‘lsa, amalda 416 ming 770 nafarga bajarilib, topshiriq ijrosini 169,5 foizga bajarilgan. (bu esa yillik top. 142 foizga)
🔻Tuman (shahar) bandlik bo‘limlariga joriy yilning
yanvar-sentabr oylarida 49 ming 370 nafar ishsiz fuqarolar murojaat qilingan bo‘lib, ularni 26 ming 44 nafar ishsiz fuqarolarni korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan (jami murojaat qilganlarni 52,8 %).
🔻Shuningdek mazkur davr ichida zaxiralangan ish o‘rinlaridan 4 454 nafari ishga joylashtirilib, kvotalangan ish o‘rinlaridan foydalanish darajasi viloyatda 79,6 foizni tashkil etgan.
🔻Kasb-hunarga o‘qitilgan ishsizlar 16,7 ming nafarni (buyurtma 14,5 ming ) tashkil etgan, belgilangan topshiriq ijrosi 114,9 foizga bajarilib, barcha hududlarida topshiriq ijrosi ta’minlandi.
🔻Inspeksiya tomonidan o‘tgan 9 oy davomida jami 1 476 ta tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilib, shundan 3 310 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan va 287 holatda yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.
O‘tkazilgan tekshirishlarda jami 1454,4 mln. so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.