Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xitoylik amaliyotchi olimlar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi bo'lib faoliyat yuritishadi.

error

2023-02-24

Xitoylik amaliyotchi olimlar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi bo'lib faoliyat yuritishadi.

Taʼkidlash joizki, Xitoy kambag’allik ustidan toʼliq gʼalaba qozonganligi haqida eʼlon qilgan birinchi mamlakat sanaladi. 

Bunday yuksak samara jahon hamjamiyatining eʼtiboridan chetda qolmadi va BMT hamda qator xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etildi. 

Ikki davlat oʼrtasida jadal rivojlanayotgan strategik sheriklik Xitoyning bu boradagi ilgʼor tajribasini oʼrganish uchun keng imkoniyatlar beradi. 

Kambag’allikga qarshi kurashda Xitoy tajribasini oʼrganish va joriy etish boʼyicha hamkorlikda tadbirlar oʼtkazish yuzasidan ikki davlat rahbarlari oʼrtasida kelishuvga erishilgani buning yorqin dalilidir. 

Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda hamkorlikdagi ishlarning ustuvor yoʼnalishlari muhokama qilindi.

➡️BATAFSIL (https://mehnat.uz/oz/news/xitoylik-amaliyotchi-olimlar-kambagallikni-qisqartirish-va-bandlik-vazirligida-maslahatchi-bolib-faoliyat-yuritishadi)⬅️